[Boshlovchiga: javob va izohni e’lon qilishdan oldin kiyim qistirgichni (prishchepka) olib, burunga taqish va ataylab dimogʻda gapirish kerak, chunki u ovozni oʻzgartirishga unchalik yordam bermasligi aniq] Diqqat, qora quti! Hujjatli film mualliflari intervyu boshida sovet davridan qolgan keng tarqalgan yanglish tushunchani qoʻllab, suhbatdoshga UNI uzatishadi. Boshlovchi javobni e’lon qilishda UNING yordamida nima qiladi?