Germaniyaning Shtebek shahridagi kuyovlar qadimiy anʼanaga koʻra, sovchi qoʻyishdan oldin kelinning otasi bilan yakkama-yakka bellashuvga kirishadilar. Gʻalaba kuyovning ham strategiya, ham taktikada mohirligini, murakkab hayotiy vaziyatlarda yoʻl topa olishini koʻrsatadi, shuning uchun boʻlajak qayinota magʻlubiyatidan xafa boʻlmaydi. Agar yutqazsa — toʻyni qoldirishga toʻgʻri keladi. Bu qanday musobaqa?