Evklid topishmogʻi: Xachir va eshak yoʻlda qop koʻtarib borishardi. Eshak ogʻir yuk ostida qolib, nolib ingrardi. Buni sezgan xachir hamrohiga yuzlanib dedi: "Hoy qariya, nega qiz bolaga oʻxshab yigʻlab noliysan? Agar sening bitta qopingni olsam, yukim senikidan ikki baravar koʻp boʻlardi. Agar sen mendan bitta qop olsang, yukimiz tenglashardi". Ey geometr, ayt-chi, ularning har biri qanchadan yuk koʻtargan?