Hind afsonasiga koʻra, maʼbud Shivaning uchinchi koʻzi uning rafiqasi, maʼbuda Parvatining quvnoq feʼl-atvori tufayli paydo boʻlgan. Hurmatli bilimdonlar, jamoangizdagi ayol aʼzolardan birini maʼbuda Parvati deb tayinlang va u Shivaning uchinchi koʻzi paydo boʻlishiga sabab boʻlgan harakatni aynan takrorlasin.
Parvati Shivaga orqadan bildirmasdan kelib, uning koʻzlarini kaftlari bilan yopgan. Shu payt unda uchinchi koʻz ochilgan.