Ushbu qarta oʻyini ishqibozlarini Tropinin va Makovskiy polotnolarida uchratishimiz mumkin. Sumarokov, Baratinskiy va Delvig unga oʻzlarining jiddiy va hazil sheʼrlarini bagʻishlaganlar. Generallar va sarkardalar, jumladan Suvorov va Bagration ham ushbu oʻyinga qiziqqanlar, hozirda esa bu rus ziyolilarining sevimli oʻyinlaridan biri. Gap qaysi oʻyin haqida ketyapti?