Strugatskiylarning "Oqsoq taqdir" qissasi qahramoni inson hayoti haqida shunday mulohaza yuritadi: "Oldin hech narsa yoʻq va keyin ham hech narsa yoʻq. Ikki kontakt orasida kuchsiz uchqun chaqnaydi — bizning borligʻimiz mana shundan iborat". Ushbu iqtibosda men sovet davri manbalari "bir qator idealistik tizimlar kategoriyasi" deb taʼriflagan soʻzni "kontaktlar" soʻzi bilan almashtirdim. Almashtirilgan soʻzni tiklang.