Diqqat, savolda almashtirish bor. Manchester yaqinidagi bir ingliz mehmonxonasida inqirozni muhokama qilishga taqiq qo'yildi. Mehmonxona xodimidan "inqiroz" so'zini eshitgan mijozga bepul bir qadah shampan vinosi berilardi. Kechqurunlari "Iflos raqslar" va "Sohibjamol" kabi badiiy filmlar namoyish etilardi. Tegishli mavzular esa mehmonxona xodimlari tomonidan gazetalardan qirqib olinardi. Shuningdek, mehmonxona hududida qat'iy dress-kodga amal qilinardi. "Inqiroz" so'zi bilan almashtirilgan so'zni ayting.