Rasmlarni qalbakilashtirish, ayniqsa ularni oʻgʻirlash — gunoh va juda joʻn ish. Ingliz rassomi Benksi Nyu-Yorkning eng yaxshi muzeylarida oʻziga xos tarzda shoʻxlik qildi. Uning qilmishlari bir necha haftadan soʻng, u Internetga video-hisobot joylaganidan keyin maʼlum boʻldi. Ungacha hamma narsa oʻz maromida davom etgan: zallar ishlagan, ekskursiya yetakchilari hech qanday gʻalatilikni sezmay ekskursiyalar oʻtkazgan. Rassom nima qilgan edi?