Konstantin Paustovskiy oʻzining «Qora dengiz» romanida Bosfor yaqinidagi Karaburun burni yonida «Dnepr» okean paroxodi bilan sodir boʻlgan halokatni tasvirlaydi. «Dnepr» toshlarga oʻtirib qoladi va kichik teshik paydo boʻladi. Ammo boʻron boʻlmaganiga qaramay, bir oz vaqt oʻtgach, kema korpusi tom maʼnoda ikkiga boʻlinib ketadi. Ushbu sirli boʻlinishga nima sabab boʻlgan?