Bir safar Sharlotta (Shimoliy Karolina shtati)lik Jon ismli shaxs juda noyob va oʻta qimmatbaho sigaralar qutisini sotib oladi va boshqa buyumlar qatori ularni yongʻindan sugʻurta qiladi. Bir oydan soʻng, barcha sigaralarini chekib boʻlgach, Jon sugʻurta kompaniyasini sudga beradi. Arizasida u sigaralar "bir qator kichik yongʻinlar natijasida" yoʻqolganini yozadi. Sud jarayonidan soʻng sugʻurta kompaniyasi tovon pulini toʻlashga majbur boʻladi. Koʻp oʻtmay, kompaniya nafaqat pullarini qaytarib olishga, balki foydada qolishga ham muvaffaq boʻladi. Bunga qanday erishishgan?
Kompaniya Jonni sugʻurta qilingan mulkka qasddan oʻt qoʻyishda ayblab, sudga beradi.