Avtomobil ishqibozlari orasida mashinaning orqa oynasiga yo'l belgilari ko'rinishidagi stikerlar yopishtirish ommabop. Masalan, choynak tasviri tushirilgan uchburchak — "ehtiyot bo'ling, rulda yangi o'rganuvchi" yoki ayollar poyabzali — "rulda ayol kishi". Ushbu turkumdagi yana bir stiker haqiqatda mavjud bo'lgan yo'l belgisidir. Yo'lda u o'rinli ko'rinadi, lekin avtomobilda u qora yumorga aylanadi. Unda nima tasvirlangan?
Qora ko'zoynak — "ehtiyot bo'ling, rulda ko'zi ojiz".