Chichikovning aravakashi Selivan zinadan tushayotib, bir ishni qiladi. Nikolay Vasilyevich Gogol esa savol beradi: «Bu harakat nimani anglatadi? Umuman u nima degani? Ertaga podsho qovoqxonasida birodari bilan rejalashtirilgan uchrashuv amalga oshmaganidan oʻkinishmi? Yoki yangi joyda biror koʻngil xushlovchi topildimi? Yoki shunchaki isitilgan joyni tashlab, yana yomgʻir va loygacha borishga achinishmi? Xudo biladi, topib boʻlmaydi. Rus xalqida u koʻp narsani anglatadi». Gogol qaysi harakat haqida mulohaza yuritgan?