Tibbiyotda ushbu dala gulidan, xususan, raxit, revmatizm va podagrani davolashda, shuningdek, qonni tozalovchi vosita sifatida foydalaniladi. Mifologiyadan maʼlumki, Yupiter choʻmilayotgan Venerani poylashga jurʼat etgan har bir bandani ushbu gulga aylantirgan. Vengriyalik kompozitor tufayli esa koʻpchilik bu gulni Yevropa poytaxtining bir tumani bilan bogʻlaydi. Ushbu tumanni ayting.