Bir necha yil davomida Ukrainaning "Futbol" haftaligi jurnalistlari turli mamlakatlar futbol chempionatlari sharhlari ostiga turli primatlar nomlaridan tuzilgan va milliy familiya xususiyatlariga moslashtirilgan taxalluslar bilan imzo chekishgan. Masalan, Fransiya chempionatini Pyer Lemur, Skandinaviyani — Karl Paviyaynen, Shotlandiyani — Kennet MakKaki, Gollandiyani — Vim Van Gibbon yoritgan. Irlandiyalik sharhlovchi Patrikning familiyasini ayting, u primatlardan birining nomi bilan ohangdosh.