Tasavvur qiling, qarshingizda poʻstloqxoʻr lichinkasi yoʻl ochgan daraxt poʻstlogʻi boʻlagi turibdi. Siz na lichinka tuxumdan chiqqan yoʻlning boshini, na gʻumbakdan chiqqan qoʻngʻiz poʻstloqni kemirib uchib ketgan yoʻlning oxirini koʻryapsiz. Lichinka qaysi yoʻnalishda harakatlanganini aniqlashning eng oson yoʻli qanday?