Kolumb davrida Karib dengizi orollarida yashagan aravaklar juda irimchi xalq boʻlgan. Ular burni uzun va bukri baliqlarni hech qachon isteʼmol qilishmagan, chunki baliqlarnikiga oʻxshash burun va bukrilar ularda ham oʻsib chiqishi mumkin deb hisoblashgan. Agar biror kishi choʻkib ketgan joydan suzib oʻtishsa, choʻkkan odam uchun albatta suvga bir oz ovqat tashlashgan, aks holda u gʻazablanib qayiqni agʻdarib yuborishi mumkin edi. Baliq ovlashdan oldin aravaklar yumshoq meva va sabzavotlar yeyishmagan. Aks holda baliqni qarmoqqa ilintirib boʻlmaydi deb hisoblashgan. Buning sababi nima?