"Forrest Gamp" filmida shunday epizod bor. Bosh qahramon Xitoy safaridan soʻng tok-shouga taklif qilinadi. Tok-shouda uning yonida dumaloq koʻzoynakli, uzun burunli bir yigit oʻtirib tamaki chekardi. Boshlovchi Forrestdan soʻradi: — Xitoy safaridan nima yodingizda qoldi? — U yerda mulkchilik yoʻq, — deb javob berdi Forrest. — Mulkchilik yoʻq, — deb qaytardi koʻzoynakli yigit. — Yana ular cherkovga borishmaydi, — deb davom etdi Forrest Gamp. — Din yoʻq, — deb qaytardi koʻzoynakli yigit. — Bunga ishonish qiyin, — eʼtiroz bildirdi boshlovchi. Koʻzoynakli yigit keyin aytgan iborani yoki uning tarjimasini aynan takrorlang.