Qadimgi Rus cherkov va ibodatxonalarida pardozlash ishlari boshlanishidan oldin va tugagandan soʻng, gumbaz ostidagi barabanga arqonli toʻr tortib, pastda gulxan yoqishgan. Gulxanning bir tekis va yorqin yonishini shogird-rassomlar nazorat qilib turishgan. Bunday gulxan nima uchun kerak edi?
Arqonlarning soyasi gumbazning ichki yuzasida buzilishlar manzarasini berardi; buni bilgan holda, qadimgi rassomlar avliyolarning qiyofalarini gumbazning egri yuzasida shunday chizishganki, pastdan qaraganda ular buzilishlarsiz idrok etilgan.