MXAT korifeylari "gopkins" oʻyini bilan koʻngil ochishardi. Agar kimdir bu soʻzni aytsa, qolganlar vaziyatdan qatʼi nazar sakrashi yoki katta jarima toʻlashi kerak edi. Koʻpincha "gopkins"dan spektakllarning eng dramatik joylarida foydalanishgan. Madaniyat vaziri Furtseva buyuk "chol"larni huzuriga chaqirib, Stanislavskiy va Nemirovich vasiyatlari, MXATning sovet sanʼatidagi roli va sovet artisti etikasi haqida nutq soʻzladi. Uyalgandan bosh egib turgan Gribov, Massalskiy, Yanshin va Belokurov uni tik turib tinglashardi... Boris Livanov vaziyatni qanday tuzatdi?