Zamonamizning eng "urf bo'lgan" so'zlari haqidagi maqolada bu so'z birinchi o'ringa qo'yilgan (alifbo bo'yicha emas). Aksariyat faol foydalanuvchilar unga Ellochka-lyudoyedka "shikarno" so'ziga yuklagan ma'noni berishadi. Vebster lug'ati bu so'zni "tutqich bermas, sirli-hayajonli va ko'pincha xayoliy joziba" deb ta'riflaydi. So'zning ikkinchi ma'nosi — "romantik sehrning g'aroyib-maftunkor muhiti, sehrlovchi joziba". Bu qaysi so'z?