Mashhur kitob illyustratori va hazil-mutoyiba ishqibozi boʻlgan amerikalik rassom Xyu Troy Ikkinchi jahon urushi yillarida armiya oʻquv lagerlaridan birida kanselyariya xodimi boʻlib xizmat qilgan. Uni juda koʻp miqdordagi blankalar, vedomostlar va hisobotlarni toʻldirish qiynar edi. Norozilik sifatida u ofitserlar oshxonasida yopishqoq qogʻozga tutilgan pashshalar soni haqida maxsus hisobot oʻylab topdi. U har kuni Pentagonga shunday hisobot yubora boshladi. Kun sayin bu hisobotlar mudofaa vazirligiga kelib turdi, nihoyat kutilgan voqea sodir boʻldi: Pentagondagi kimdir bir savolni berdi. Qanday savol?