Rossiyaning abadiy "Nima qilish kerak?" degan savoli N.G.Chernishevskiydan ancha oldin ham ruslarni oʻylantirgan. Va har kim uni oʻzicha hal qilishga uringan. Masalan, Gogolning "Oʻlik jonlar" asari ikkinchi tomidagi polkovnik Koshkaryov shunday retsept taklif qilgan: "... boshim bilan kafilman, agar rus dehqonlarining yarmini ... kiyintirilsa — fanlar yuksaladi, savdo rivojlanadi va Rossiyada oltin davr keladi!". Xoʻsh, Koshkaryov rus dehqonlarini nima kiyishni taklif qilgan?