Kola yarim orolidagi qo'ltiqlardan birida Rossiya Harbiy-dengiz kuchlari bazasi joylashgan. Hali sovet davrida uning hududida V.I.Leninga haykal o'rnatilgan edi. Biroq, Ilichning aksariyat haykallaridan farqli o'laroq, uning qo'llari yorqin kelajakni ko'rsatmay, shimining cho'ntagida turibdi. Aynan shunday holat o'z vaqtida mafkurachilar tomonidan haykalning joylashgan o'rnini hisobga olgan holda eng to'g'ri deb topilgan. Haykal bazaning qaysi joyida turibdi?
Dunyo proletariati dohiysi qo'ltiq qirg'og'ida, Shimoliy Muz okeaniga qarab turibdi. Qutb tomonni ko'rsatishni mafkurachilar to'g'ri deb hisoblashmagan. Chunki qutbdan keyin — Amerika...