Amerikaning kichik bir shaharchasidagi konsertdan soʻng gʻazablangan skripkachi gazeta noshiriga qoʻngʻiroq qiladi: — Men muxbiringizga toʻrt marta takrorladim, men chalayotgan skripka — Stradivarining asl asbobi, lekin taqrizda bu haqda bir ogʻiz ham soʻz yoʻq! — Azizim, — deb javob beradi noshir bosiqlik bilan, — axir biz... Amaliyotchi amerikalikning gapini yakunlang.
"... janob Stradivariga bepul reklama qila olmaymiz-ku!".