Ushbu "la'natlangan" daraxtga nisbatan "xristiancha nafrat" shu darajaga yetganki, uni uyga olib kirish, turar joy yaqiniga ekish taqiqlangan. Momaqaldiroq paytida uning ostiga yashirinishdan qo'rqishgan, qurilishda ishlatishmagan, pechga yoqishmagan. Misrga qochish paytida go'dak Iso bilan uning ostida yashiringan Bibi Maryamga xiyonat qilgan deb hisoblangan, slavyanlar orasida esa Yahudo (Iuda) o'zini shu daraxtga osgan degan ishonch keng tarqalgan. Biroq, u Isoga tegishli yana bir buyum bilan bog'liq. Qaysi buyum bilan?