JERONIMO (GOYATLAY) (1829 — 17.2.1909), toʻrt yil davomida AQSH qoʻshinlariga qarshi jangovar harakatlar olib borgan chirikaua indeys qabilasining sardori. Oxir-oqibat, besh ming kishilik Amerika askarlari otryadi uni butun qabilasi bilan birga asirga oldi, qabilada ayollar va bolalar bilan birga jami 36 kishi bor edi. Uning indeyscha ismi GOYATLAY "eshnaydigan kishi" degan maʼnoni anglatadi, inglizcha ismi esa desantchi-parashyutchilarning jangovar hayqirigʻiga aylandi.