Iqtibos: "— Qani, 'paklya' (paxta tolasi) soʻziga qofiya top-chi, — dedi Svetik. — Shmaklya! — javob berdi Bilmasvoy. — Qanaqa shmaklya? — hayron boʻldi Svetik, — shunaqa soʻz bormi?... — Unda oʻzing top, qanaqa qofiya boʻlar ekan, — dedi Bilmasvoy. — Hozir! — rozi boʻldi Svetik... U uzoq vaqt gʻoʻldiradi va keyin dedi: — Tufl! Bu qanaqa soʻz oʻzi!? Bu qofiyasi yoʻq qanaqadir soʻz ekan." Ehtimol bilarsiz, Svetik va Bilmasvoy 'paklya' soʻziga qofiya topa olishmadi. Sizga, aziz bilimdonlar, Nosov qahramonlariga yordam berish va agar mavjud boʻlsa, ushbu mushkul 'paklya' soʻziga qofiya topish uchun bir daqiqa vaqt beriladi.