Neyropsixolog Oliver Saksning bemori "chap tomon gʻoyasi"ni yoʻqotib qoʻygan, u har qanday buyumning chap tomonini idrok etmaydi va hatto chapga qayrila olmaydi. Dastlab u ovqatga toʻymasdi, chunki porsiyaning faqat oʻng yarmini yerdi. Shunda unga aylanadigan kreslo qoʻyib berishdi va u yarmini yeb boʻlgach, soat mili boʻylab deyarli toʻliq aylanadi, keyin yana bir yoki bir necha bor aylanadi. Bunda u oʻzini OKKAM USTARASIga oʻxshatadi. Biz qaysi ikki soʻzni OKKAM USTARASI bilan almashtirdik?