Optimistik savol. Bir kuni savol muallifi Internetda ayollar jurnalining muqovasida "(boʻsh joy)ni hisobla va xafa boʻlma" degan maqola sarlavhasini oʻqib qoldi va bu turnirimizning oxirgi savoli uchun ajoyib mavzu boʻlishi mumkin deb oʻyladi. Biz u bilan rozi boʻlmay ilojimiz yoʻq edi. Endi esa xafa boʻlmang va boʻsh joyni ikkita harf bilan toʻldiring.