Maʼlumki, Stalin Gʻalaba paradini qabul qilmagan. Biroq buning sababi nomaʼlum. Viktor Suvorov Stalin ot minishni bilmagan degan vaj bilan qanoatlanmay, boshqa transport vositasini taklif qildi. Sharhlovchilardan biri Suvorovning fikrini kinoya bilan rivojlantirib, bunday transport vositasida Lenin paradlarni qabul qilganini, Cherchill esa byudjet boʻyicha bahslar qizigan paytda parlamentga kirib kelganini aytib hazillashadi. Shu muallifning taʼkidlashicha, bir kommunistik arbobda ulardan naqd ikkita boʻlgan. Ushbu arbobning ismi va familiyasini ayting.