Mashhur bir ertakda ota-onasidan ayrilib, oʻzini yomon koʻradigan va har xil xoʻrlaydigan amakisi va xolasi bilan yashagan bola haqida hikoya qilinadi. Ammo bir kecha uning qarshisida sehrli dunyo ochiladi, u yerda hamma uni tanir va intizorlik bilan kutayotgan boʻladi. Bu dunyoga tushib, qahramonimiz darhol ikki sodiq doʻst — oʻgʻil bola va qiz bolani topadi va ular birgalikda nomi hammani dahshatga soladigan yovuz sehrgarga qarshi kurashishlari kerak. Mana shunday ertak. Afsuski, oʻtgan yili ushbu ertakni yozgan yozuvchi uning davomini yozmasligi uzil-kesil maʼlum boʻldi. Nima uchun?