Qadim zamonlardan bino qad koʻtardi, U na ibodatxona, na uyga oʻxshar, Agar chavandoz yursa — yuz kunu yuz tun, Aylanib oʻtolmas u binoni hech. Ustidan asrlar oʻtdi. Uni na zamon shiddati, Na shamollar qoʻshini uchirib ketdi. Yer yuzidan koʻkka qadar yuksalgan, Poyi dengizlarda, boshi bulutlarda. Ammo u kibr uchun qurilgan emas, Asrlar osha himoya qilar va saqlar. Yer yuzida unga oʻxshashi yoʻqdir, Va baribir u inson qoʻli bilan yaratilgan. Shillerning ushbu topishmogʻini toping.