gotquestions.online

Latifa. Avtomobil ta'mirlash ustaxonasida chilangar va kardioxirurg suhbatlashmoqda. — Doktor, aslida ikkalamiz ham bir xil ish bilan shug'ullanamiz, — deydi chilangar, — dvigatellarni qismlarga ajratib yig'amiz. Faqat adolatsizlikni qarang: siz bir operatsiya uchun yigirma ming dollar olasiz, men esa nari borsa uch yuz dollar. — Sen ham menchalik haq olishni xohlaysanmi? — deb so'raydi doktor. Chilangar xursand bo'lib bosh silkiganidan so'ng, doktor ma'lum bir harakatni bajaradi va: "Qani, endi qismlarga ajrat-chi!" deydi. Aynan qanday harakatni?

Manba