Mashhur amerikalik fizik Feynman bolaligida shunday fokus koʻrsatishni yaxshi koʻrardi: qoʻlini avval suvga, keyin benzinga botirib, oʻt qoʻyardi. Bu ogʻriqli emas edi — benzin tez yonib ketardi, suv esa qoʻlni qizib ketishdan himoya qilardi. Biroq, bir necha yildan soʻng u ushbu fokusni takrorlamoqchi boʻlganida, natija u uchun ancha yoqimsiz boʻldi. Nima uchun?