Byuffon ushbu hayvon haqida shunday yozadi: "Bu tabiatning eng katta xatosi, chunki ularda na hujum quroli, na himoya vositasi bor. Ular sekin harakatlanadi, nihoyatda ahmoq va hayot ular uchun muttasil azobdir. Bularning barchasi tabiat marhamatidan mahrum boʻlgan va tugʻma nochorlik namunasini koʻrsatuvchi mavjudotning gʻalati tuzilishi natijasidir". Bu qanday hayvon?