UNING ixtiro qilinishi G'arbni mustamlaka qilishni osonlashtirdi. UNING bir yarim mingga yaqin turi mavjud bo'lib, ba'zi namunalar uchun kolleksionerlar auksionlarda yuzlab dollar to'laydilar. Quvg'indagi baxshining qo'shig'i qahramoni UNI ishlab chiqaradigan, hamda juda sifatli chiqaradigan korxonada ishlagan. Mashhur latifada esa U ikki xil sinfga mansub hayvonlarning uzoq chatishtirilishi mevasi deb hisoblanadi. Ikkalasini ham ayting.