Goʻzal yunon afsonasidan parcha. "Kunlardan bir kun Epaf uning yoniga kelib, masxara qilib soʻradi: "Qoʻysang-chi, nahotki Xudo sening otang boʻlsa?" Bola yigʻlab otasining huzuriga yugurdi va shubhalarini tarqatishni soʻradi. — Sening mening oʻgʻlim ekanligingni isbotlash uchun har qanday istagingni bajaraman. — Unda menga oʻz aravangda uchishga ruxsat ber. — Tan olaman, faqat mana shu narsani senga rad etgan boʻlardim. Bu iltimos sening oʻliming boʻladi. Lekin soʻz berildi va ortga yoʻl yoʻq... Bola baxtdan porlab, halokatli yoʻlga qadam qoʻydi..." Diqqat, savol: Biz bu yoʻlni nima deb ataymiz?
Ekliptika. Gap Heliosning oʻgʻli Faeton haqida ketmoqda.