gotquestions.online

Avstriyalik pianinochi Artur Shnabel matbuotning oʻziga nisbatan tanqidiy fikrlariga juda ogʻriqli munosabatda boʻlardi. Bir kuni tanqidchilardan biri gazetada Shnabelning "Oy sonatasi" talqinini yer bilan bitta qildi. Pianinochi bu maqolani tungi soat ikkida oʻqib qoldi va darhol tanqidchiga qoʻngʻiroq qildi: "Siz Shnabel 'Oy sonatasi'ni yomon ijro etadi deb hisoblaysizmi? Agar men uni ajoyib ijro etadi desam-chi?" — "Kim gapiryapti?" — deb soʻradi uyqusiragan tanqidchi. Pianinochi oʻzini kim deb tanishtirdi?

Manba