Aktyor Anatoliy Ravikovich oʻzining institutdagi oʻqituvchisi haqidagi birinchi taassurotini shunday eslaydi: "Uning kinodan ekanligi darrov koʻrinib turardi. Boz ustiga SHUNDAY kinodan. U yerda frak kiygan nafis erkaklar va goʻzal, maʼyus ayollar toʻxtovsiz shampan ichishadi, muhabbatdan azob chekishadi va toʻpponchadan otishadi". Tushingizda oʻzingizni SHUNDAY koʻrishingiz adolatsiz taʼqiblar darakchisi hisoblanadi. Biz "SHUNDAY" soʻzi bilan qaysi soʻzni belgiladik?