Aytishlaricha, Frenk Lloyd Rayt loyihalashtirgan uyning buyurtmachilari kechki ovqat paytida uyning tomi oqayotganini payqashgan. Eʼtirozga javoban Rayt buyurtmachilarga SHUNDAY QILISHNI maslahat bergan. SHUNDAY QILISH osonroq boʻlishi uchun xom kartoshka doiralari yoki dumba yogʻi boʻlaklaridan foydalanish tavsiya etiladi. «SHUNDAY QILISH» soʻzlari bilan qaysi ikki soʻz almashtirilgan?