Mixail Veller "Tez yordam hikoyalari"da shunday voqeani aytib beradi: Kvartiradan ayol kishining qichqirig'i eshitiladi. Militsioner ichkariga bostirib kiradi va qizning tomog'iga ustara tirab turgan erkakni ko'radi. Militsioner hayajon va tajribasizlikdan birinchi o'q bilan qizning oyog'iga uradi. Faqat ikkinchi o'q bilan erkakning peshonasidan uradi. Shundan so'ng, vaziyatni yo'riqnoma bilan moslashtirish uchun yana bir harakatni amalga oshiradi. Ushbu harakatni ikki so'z bilan ayting.