Aytishlaricha, bir kuni mehmonchilikdan ancha kech qaytayotgan mashhur xonanda Ivan Kozlovskiy ikki qizni uchratib qoladi. Kayfiyati yaxshi boʻlgani uchun u ularning oldida toʻxtab, oʻzining ajoyib tenori bilan past ovozda: "Qayerga, qayerga, qayerga ketdingiz..." deb kuylay boshlaydi. Qizlar pishqirib kulib, mashhur xonandani aylanib oʻtishadi va biri ikkinchisiga: "Qarang, bu gʻalati odam oʻzini ... deb tasavvur qilyapti", deydi. Kim deb?