Quyosh tizimidan tashqariga uchirilgan "Pioner" kosmik apparatlariga "yerliklarning tashrif qogʻozi" oʻyilgan oltin plastinalar biriktirilgan. U yerda bizning tizim xaritasi, Quyoshning kvazarlarga nisbatan joylashish sxemasi va boshqa koʻplab narsalarni koʻrish mumkin. Erkak va ayol tasvirlari yonida kosmik apparatning oʻzining sxematik tasviri ham joylashtirilgan. Nima uchun, axir oʻzga sayyoralik sivilizatsiyalar apparat ularga borib tushsa, u haqida baribir tasavvurga ega boʻlishadi-ku?