Nemis professori Volfgang Xilberg BU narsa na materiya, na energiya emas deb hisoblaydi. Ajablanarlisi shundaki, barchamiz BU haqida intuitiv tushunchaga ega bo‘lsak-da, ko‘plab olimlarning fikriga ko‘ra, BU narsaga hali ham aniq ilmiy ta’rif berilmagan, vaholanki biz aynan BU narsa ulkan ahamiyat kasb etgan davrda yashayapmiz. Ayting-chi, BU narsa nima bilan (qaysi birliklarda) o‘lchanadi va agar BUNING Parijdagi O‘lchov va tarozi palatasida ETALONI bo‘lsa (masalan, metr kabi), uni ayting!
axborot odatda bitlarda o‘lchanadi, etaloni esa yo‘q.