Sizga qadimiy bir rivoyat aytib beraman. Bir safar sharq shaharlaridan birining hukmdori musobaqa uyushtiribdi. Ishtirokchilar tik devor orqali baland minoraga chiqishlari kerak edi. Olomon: «Bu juda qiyin», «Ular hech qachon cho‘qqiga chiqa olishmaydi», «Minora juda baland», «Hamma yiqilib o‘ladi» deb baqira boshlabdi. Natijada ba’zi ishtirokchilar minoraga chiqishmadi. Boshqalari cho‘qqiga yetmasdan yiqilishdi. Faqat bittasi yetib bordi. U boshqalardan nimasi bilan farq qilardi?