[Chigalyozdi] Toʻgʻri tushunganingizdek, biz sizni savolsiz qoldirmaymiz. Shunday qilib — birinchi turning nolchi savoli. Bir kuni bilimdonlardan biri savol muallifidan dam olish kunlari mashgʻulot boʻladimi deb soʻradi. Savol muallifi tasdiqlovchi javobni ikki soʻz bilan aytdi va bu bilimdonning hayratiga sabab boʻldi. "Qanaqasiga...?" — deb soʻradi u oʻsha tushirib qoldirilgan ikki soʻzni takrorlab. Savol muallifi nima degan edi?