Ushbu savol BIRINCHI va IKKINCHI haqida boradi. BIRINCHI birdaniga ikkita dvoryanlik unvonini meros qilib olishi kerak edi, lekin bu sodir boʻlmadi va u bizga asosan taxallusi bilan tanilgan. IKKINCHI esa quyi tabaqadan chiqib, oʻziga unvon va mulk sotib olgan va tanishlaridan juda kamchiligi uning asl ismini bilgan. BIRINCHI adolatsiz sudda jallod boʻlib ishlagan. IKKINCHIning oʻzini esa adolatsiz sud hukm qilgan. BIRINCHI dushman qoʻlidan halok boʻlgan, IKKINCHI esa dushmanlaridan oʻzi oʻch olgan. Biz ularning har ikkisini koʻrishimizga sababchi boʻlgan insonning ismini soʻramaymiz. Bizga ular haqida maʼlumot bergan, yaʼni ular haqida bilishimizga sababchi boʻlgan shaxsni ayting.