Yangi narsa kashf etgan har bir olim muammoga duch keladi: topilmasi haqida hamma xabar berishni xohlaydi, lekin shu bilan birga tekshirilmagan maʼlumotni tarqatishni istamaydi. Agar kuzatuvlarni shoshilmasdan tekshirishni boshlasa, birinchilikni boy berishi mumkin. Bunday hollarda Galileo Galiley, Iogann Kepler, Xristian Gyuygens qanday qilib yutqazmasdan yoʻl tutishgan?
Ular xabarlarni anagramma koʻrinishida shifrlab eʼlon qilishgan, tekshiruvdan oʻtgach esa maʼlum vaqtdan soʻng shifrni ochishgan.