Sermahsul, ammo oʻrtacha darajadagi bir dramaturg oʻtgan asrning mashhur yozuvchisi va teatr arbobi P.A. Kateninga oʻqib koʻrish uchun ikkita asarini — tragediya va komediyasini olib keldi. Katenin ularni oʻqib chiqqach, shunday eslatma bilan qaytarib yubordi: "Sizning pyesalaringizni mamnuniyat bilan oʻqib chiqdim, ammo uchrashganimizda bir narsani soʻramaganimdan afsusdaman...". Nimani soʻramagan?
"... ularning qaysi biri komediya, qaysi biri tragediya ekanligini".