(yevr.) Oʻrta asr sayyohi Eldad Danit Isroilning yoʻqolgan toʻrtta qabilasi haqida hikoya qiladi, ular maʼlum boʻlishicha, Afrikaning qayeridadir, Sabation daryosi ortida baxtli va alohida yashashadi. Bu daryoning kengligi ikki yuz tirsakdan ortiq, juda tez oqadi va ulkan toshlarni yumalatib keladi, shuning uchun undan oʻtishning iloji yoʻq. Toʻgʻri, baʼzida daryo oqimi sekinlashadi — oʻshanda Yaratgan uning qirgʻoqlarini bulut bilan toʻsib qoʻyadi. Kimlardan?